Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryusselda

Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryusselda
Oplus_16777216

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktyabr kuni Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Kosta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Belgiya poytaxti Bryussel shahriga jo‘nab ketdi.

Tashrif doirasida Prezident Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan muzokaralar olib boradi. Unda ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida Belgiya Qiroli Filipp hamda Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.