Farg‘ona viloyatida ayolini yotoqxonada durra bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak sud hukmiga ko‘ra 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin o‘rtasida uy-joy masalasi yuzasidan kelib chiqqan janjal fojia bilan yakun topgan. Marhumaning dafn marosimi yashirincha o‘tkazilib, qarindoshlarga turlicha sabablar aytilgan. Biroq ayolning singlisi shubha qilib, prokuraturaga murojaat qilganidan so‘ng qabr qayta ochilib, sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilgan. Unda ayol zo‘rlik bilan o‘ldirilgani tasdiqlangan.
Sud jinoyatchini Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!