Davlat xavfsizlik xizmati boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlarda Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 11 kilodan ortiq narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi.
Urgutda 8,8 kg “opiy” kontrabanda yo‘li bilan olib kirishga uringan shaxs hamda uning jinoyat sherigi hibsga olindi. Denovda esa ilgari sudlangan fuqaro yonidan 31 g “opiy” bilan qo‘lga tushdi, tekshiruvda uydan yana 1,4 kg modda topildi. Xorazmning Gurlan tumanida esa ikki marta sudlangan shaxs 877 g “gashish”ni 14 ming dollarga sotayotganida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, giyohvandlik vositalari Tojikistondan narkokuryerlar orqali olib kelingan. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!