2025-yil 21–23-oktyabr kunlari Toshkentda Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi tomonidan “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir turizm, mehmondo‘stlik sohasi va restoran biznesini rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Uch kun davomida ko‘rgazmaga 4,5 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Ozarbayjon, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Xitoy kabi davlatlardan 30 ga yaqin kompaniya hamda 70 dan ortiq ekspert ishtirok etdi.
-
Birinchi kun turizmning barqaror rivojlanishi, mehmonxonalar arxitekturasi, raqamlashtirish va investitsiyalar masalalariga bag‘ishlandi.
-
Ikkinchi kun gastronomiya yo‘nalishiga qaratilib, “Gastro Forum 2025” doirasida ikki Michelin yulduziga ega oshpaz Jan Ashner va boshqa mutaxassislar ma’ruza qildi.
-
Uchinchi kun kadrlar tayyorlash va dual ta’limni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi.
Ko‘rgazma doirasida 2,5 mingga yaqin ishtirokchini jamlagan Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham o‘tkazildi. U turizm va mehmondo‘stlik sohasida karyera qilishni istagan yoshlar uchun muhim imkoniyat yaratdi.
“HoReCa Expo Uzbekistan 2025” O‘zbekistonning turizm va xalqaro hamkorlikdagi yuksak salohiyatini ko‘rsatib, yilning eng muhim tarmoq tadbirlaridan biriga aylandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!