Jahon, Siyosat

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi vizasiz tartib sari yaqinlashmoqda

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi vizasiz tartib sari yaqinlashmoqda

Bryusselda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasi ko‘tarildi. Shuningdek, ishbilarmonlik, ta’lim va madaniy aloqalarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident Mirziyoyev Yevropa kompaniyalari va moliyaviy institutlar rahbarlari bilan ham muzokara o‘tkazdi. Tomonlar energetika, kimyo, muhim minerallar, logistika, to‘qimachilik va farmatsevtika sohalarida 10 milliard yevrodan ortiq yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Bu kelishuvlar amaldagi 40 milliard yevrolik qo‘shma loyiha portfeliga qo‘shimcha bo‘ladi.

Muzokaralarda, shuningdek, xalqaro barqarorlik, transport yo‘laklari va xavfsizlik masalalari ham muhokama qilindi.