Jamiyat

Voyaga yetmaganlarga jazo tartibi yengillashdi

Voyaga yetmaganlarga jazo tartibi yengillashdi

23-oktabr kuni qabul qilingan O‘RQ–1092-sonli qonun bilan “Jinoyat kodeksi”ga bir qator yangi normalar kiritildi. Ular voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha huquqiy oqibatlarni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Qonunga ko‘ra, agar shaxs 18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan bo‘lsa va jazoni to‘liq o‘tab chiqqan taqdirda, u sudlanmagan deb hisoblanadi. Ushbu qoida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, jazoni o‘tab bo‘lgach 18 yoshga to‘lguniga qadar yana qasd bilan jinoyat sodir etgan shaxslar ham imtiyozdan foydalana olmaydi.

Yana bir muhim yangilik — voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum etish jazosining eng kam muddati qisqartirildi. Endilikda bu muddat 6 oydan 1 oyga tushirildi. Bu o‘zgarish yoshlar bilan bog‘liq jinoyat ishlarida tuzatish va tarbiyaviy yondashuvga ko‘proq urg‘u qaratilayotganidan dalolat beradi.

Mazkur islohotning asosiy maqsadi voyaga yetmaganlarni jamiyatdan uzib qo‘ymaslik, jazodan keyingi ijtimoiy moslashuv va qayta tarbiyaga ko‘maklashishdir. Shu bilan birga, yoshlar hayotidagi xatolar ularning kelajagini butkul izdan chiqarib yubormasligi ko‘zda tutilgan