Jinoyat

Tojikiston chegarasida 5 mlrd so‘mdan ortiq noqonuniy valyuta ushlab qolindi

Tojikiston chegarasida 5 mlrd so‘mdan ortiq noqonuniy valyuta ushlab qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Tojikistonga noqonuniy valyuta olib o‘tishga urinish fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Bekobod shahrida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro katta miqdordagi pul mablag‘larini 34 nafar tashuvchi orqali «Farhod» chegara postidan olib chiqmoqchi bo‘lgan.

Qismlarga bo‘lingan valyuta miqdori quyidagicha:

  • 18,68 mln rubl
  • 140,7 ming tojik somoni
  • 180 mln so‘m

Avtomobil tekshiruvi davomida qo‘shimcha mablag‘lar ham topilgan:

  • 13,5 mln rubl
  • 24 ming tojik somoni
  • 885 yevro
  • 300 dollar
  • 300 yuan
  • 6 840 qirg‘iz so‘mi
  • 10,2 mln so‘m

Umumiy qiymat 5 mlrd 200 mln so‘mdan ortiq ekani qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro ustidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a» bandi (valyuta qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U hibsga olingan, tergov ishlari davom etmoqda. Hozirda valyuta mablag‘larining haqiqiy egalari aniqlanmoqda.