6-noyabr kuni Vashington shahrida S5+1 formatidagi — Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilari ishtirokidagi sammit bo‘lib o‘tadi. Tadbirga AQSh prezidenti Donald Tramp mezbonlik qiladi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchilik qilishi kutilmoqda.
Sammit oldidan diplomatik tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamda Davlat departamenti kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau Toshkentga tashrif buyurib, bir qator muzokaralar o‘tkazdi. Mazkur delegatsiyaning Qozog‘istonga ham borishi rejalashtirilgan.
Sammitning asosiy maqsadi mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik va iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishdan iborat. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Donald Trampga taklif uchun minnatdorlik bildirdi.
Geosiyosiy vaziyat nuqtai nazaridan S5+1 formati Markaziy Osiyo uchun muhim diplomatik platforma sifatida ko‘rilmoqda. Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitda savdo, energetika, xavfsizlik va transport koridorlari bo‘yicha qator kelishuvlar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!