2025-yil 1–30-noyabr kunlari yurtimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida bir qator qulaylik va chegirmalar taqdim etiladi. Ushbu tashabbus keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning dam olish vaqtlarini maroqli va mazmunli tashkil etish, shuningdek ichki turizm yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Chegirmalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Respublika hududlarida joylashtirish vositalari xizmatlariga — 20 foizgacha chegirma.
- “Uzbekistan Airways”: 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun ichki parvozlarning barcha iqtisodiy klass chiptalariga — 15 foizgacha chegirma (1–30 noyabr kunlari amal qiladi).
- “O‘zbekiston temir yo‘llari”: ichki yo‘nalishlardagi poyezdlarga (Afrosiyob tezyuraridan tashqari) — 20 foiz chegirma.
- Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari va obyektlariga kirish chiptalariga — 10 foizgacha chegirma.
- “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi ziyoratgohlarga — 20 foizgacha chegirma.
Sayohat davomida xavfsizlik va salomatlikni asrash, shuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish tavsiya qilinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!