O‘zbekiston

Samarqandda YuNESKO Milliy komissiyalarining 12-yig‘ilishi boshlandi

Samarqandda YuNESKO Milliy komissiyalarining 12-yig‘ilishi boshlandi

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqand shahrida YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Yig‘ilishda tashkilot kun tartibidagi qator dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Jumladan:

  • yoshlar siyosatini rivojlantirish;

  • davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

  • barqaror rivojlanish;

  • inklyuzivlik masalalari.

Yig‘ilishni YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yig‘ilish raisi etib saylandi.

U o‘z nutqida kun tartibining mazmunan boy ekanini hamda YuNESKO faoliyatidagi muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishini ta’kidladi.