O‘zbekiston

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng baxtli mamlakatlar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng baxtli mamlakatlar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

World Happiness Report 2025 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng baxtli mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Xayrixohlik va o‘zaro yordam darajasi yuqori
Hisobotda qayd etilishicha, mintaqa davlatlari dunyoda eng yuqori xayrixohlik va o‘zaro yordam ko‘rsatkichlariga ega. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston iqtisodiy farqlarga qaramay, barqaror ijtimoiy birdamlik va ishonchni saqlab qolgan.

Reyting natijalari
Qozog‘iston 43-o‘rinda — Markaziy Osiyoda yetakchi;
O‘zbekiston — 53-o‘rin;
Qirg‘iziston — 75-o‘rin;
Tojikiston — 90-o‘rin.
Turkmaniston ma’lumot yetishmasligi sababli ro‘yxatga kiritilmagan.

Mintaqaning asosiy qadriyati — jamoaviylik
Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida xayrixohlik indeksi 0,30–0,36 oralig‘ida bo‘lib, bu jahon o‘rtacha ko‘rsatkichi — 0,33 bilan deyarli teng.
Bu natija mintaqada mustahkam ijtimoiy aloqalar, o‘zaro yordam va jamoaviylik qadriyatlari hali ham kuchli ekanini ko‘rsatadi.