Madaniyat

“Euronews” tomoshabinlarni O‘zbekistonning tarixi va sayyohlik marvaridlari bilan tanishtiradi

“Euronews” tomoshabinlarni O‘zbekistonning tarixi va sayyohlik marvaridlari bilan tanishtiradi

Xorijiy OAV O‘zbekistonning noyob sayyohlik yo‘nalishlarini tomoshabinlarga ochishda davom etmoqda.

“Ipak yo‘li sarguzashtlari” dasturining navbatdagi sonida “Euronews” telekanali buyuk sarkarda, mamlakat tarixida sezilarli iz qoldirgan shaxs – Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy joylarga alohida e’tibor qaratdi.

Mediamaterialda Samarqand, uning mashhur “Guri Amir” ansambli va shahar tarixiy markazi haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, ko‘rsatuvda buyuk hukmdorning vatani bo‘lgan Shahrisabzga ham alohida e’tibor qaratildi, u yerdagi tarixiy joylar va arxitektura yodgorliklari bilan tanishish imkoniyati berildi. Sayohatchilar ushbu shaharlarning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishishlari mumkin.

Xorijiy OAVning videomateriallari tomoshabinlarga O‘zbekistonning noyob burchaklarini ochib beradi, uning tarixi, madaniyati va an’analari bilan tanishtiradi.

Bunday materiallar mamlakatga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, sayohatga ilhom berishga va turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi, shaharlarning o‘ziga xosligini hamda madaniy merosning boyligini namoyish etadi.