Jamiyat

Toshkentda issiqlik taʼminoti qachon yoqilishi maʼlum qilindi

Toshkentda issiqlik taʼminoti qachon yoqilishi maʼlum qilindi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda markazlashgan issiqlik taʼminoti ishga tushirilish sanasini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, meteorologiya xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, ijtimoiy obyektlarda issiqlik taʼminoti 2025-yil 3-noyabrdan, turar joy obyektlarida esa 5-noyabrdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

Turar joy yoki boshqa muassasalarda issiqlik taʼminoti yoqilishida muammo kuzatilsa yoki issiqlik yetkazib beruvchi masʼullar ishni to‘liq bajarmayotgan bo‘lsa, fuqarolardan 1055 yoki 71 210-01-87 telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan.

Maʼlumki, O‘zbekiston bo‘ylab isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli bo‘yicha bazaviy meʼyor 4 oyga 5 barobarga oshirilgan. Endilikda noyabr—fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart—oktyabr oylarida esa 100 kub metrgacha meʼyor belgilanadi.