Jamiyat

Endi ayrim qoidabuzarlarga og‘zaki ogohlantirish beriladi

Endi ayrim qoidabuzarlarga og‘zaki ogohlantirish beriladi

Oliy Majlis Senatining 1-noyabrdagi yalpi majlisida “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Qonun yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, fuqarolarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash va huquqbuzarliklarga adolatli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan.

Asosiy jihatlar:

  • 2025-yilning dastlabki 8 oyida YTHlar 2,4%, jarohat bilan bog‘liq holatlar 1,5%, o‘lim holatlari 5,6% ga kamaygan.

  • Biroq, hozirgi ma’muriy jazo tizimi yetarli natija bermayapti.

Yangi yondashuv:

  • Kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun endi og‘zaki ogohlantirish joriy etiladi, jarima emas.

  • Bu fuqarolarga xatti-harakat oqibatlarini tushuntirish va qonunbuzarlikni takrorlamaslikka undashga xizmat qiladi.

Kodeksdagi o‘zgarishlar:

  1. Yangi 171-modda – foto va video orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar.

  2. 241-modda – ma’muriy ogohlantirish chorasini joriy etish.

  3. Avtomatlashtirilgan texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklarga jazo 1 oy ichida qo‘llanadi.

Kutilayotgan natijalar: qulaylik yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, davlatga ishonchni oshirish va adolatli jazo tizimini shakllantirish.