Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 4 kishilik oilaning bir oylik yashash xarajatlari (ijara haqi bundan mustasno) o‘rtacha 21 million so‘mni tashkil etmoqda. Bir kishi uchun esa bu ko‘rsatkich 5,6 million so‘m atrofida baholanmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, oila byudjetining 30 foizdan ortig‘i oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadi. Bu esa O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida oziq-ovqat narxlari nisbatan yuqori bo‘lgan davlatlardan biriga aylantirgan.
Asosiy xarajat yo‘nalishlari
Mamlakatda xarajatlarning asosiy qismi hayotiy ehtiyojlar — oziq-ovqat va uy-joy uchun sarflanadi. Kiyim-kechak, transport, sport va dam olish kabi sohalarga esa ancha kam mablag‘ ajratilayotgani, aholining kundalik zarur ehtiyojlarni qondirishga ko‘proq e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi.
Mintaqadagi holat
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham shunga o‘xshash manzara kuzatiladi:
-
🇹🇯 Tojikiston — byudjetning 37,1 foizi oziq-ovqatga, 20,5 foizi uy-joy ijarasiga, qolgan qismi esa restoranlar, transport, kommunal xizmatlar va kiyim-kechak uchun sarflanadi.
-
🇰🇬 Qirg‘iziston — ovqatlanish uchun 28,5 foiz, uy-joy uchun 25,9 foiz.
-
🇰🇿 Qozog‘iston — oziq-ovqat 29,6 foiz, uy-joy 23,3 foiz.
-
🇹🇲 Turkmaniston — oziq-ovqat 35,1 foiz,
-
🇺🇿 O‘zbekiston — oziq-ovqat 30 foizni tashkil etadi.
Mutaxassislarning fikricha, bu raqamlar MDH mamlakatlarida aholining asosiy xarajatlari hali ham kundalik ehtiyojlar doirasida qolayotganini ko‘rsatadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!