Jahon

Putin 97 yoshgacha hokimiyatda qolmoqchi — Daily Star

Putin 97 yoshgacha hokimiyatda qolmoqchi — Daily Star
MOSCOW, RUSSIA – SEPTEMBER 11, 2021: Russiaís President Vladimir Putin holds a meeting with Tokyo 2020 medalists at the Moscow Kremlin. Mikhail Metzel/TASS –ÓÒÒˡ. ÃÓÒÍ‚‡. œÂÁˉÂÌÚ –ÓÒÒËË ¬Î‡‰ËÏË œÛÚËÌ ‚Ó ‚ÂÏˇ ‚ÒÚÂ˜Ë ‚  ÂÏÎÂ Ò Ôӷ‰ËÚÂΡÏË Ë ÔËÁÂ‡ÏË ŒÎËÏÔˇ‰˚-2020. ÃËı‡ËÎ ÃÂÚˆÂθ/“¿——

Daily Star nashrining yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2050-yilgacha hokimiyatda qolishni istamoqda. Bu haqda surishtiruv jurnalisti Ilya Davlyatchin ma’lumot bergan.

Jurnalistning aytishicha, 73 yoshli Putin Sovet Ittifoqi davridan beri Kremlni eng uzoq boshqargan rahbar bo‘lib, hokimiyatni 97 yoshgacha saqlab qolishni rejalashtirgan. U shundan so‘ng hokimiyatni o‘g‘li Ivan Putinga topshirmoqchi ekani aytilmoqda. Ivan hozirda 10 yoshda, 2050-yilda esa 35 yoshga to‘ladi.

2020-yilda qabul qilingan konstitutsion o‘zgartirishlar Putinga 2036-yilgacha, ya’ni 83 yoshga qadar prezidentlik lavozimini egallash imkonini beradi.

Putin hokimiyatda bo‘lish muddati bo‘yicha allaqachon Augusto Pinochet, Kim Chen Ir, Benito Mussolini, Suxarto va Nikolae Chaushesku kabi siyosatchilardan o‘zib ketgan. U beshinchi prezidentlik muddati yakuniga yetgach Mao Szedun, oltinchi muddatda esa 36 yillik hukmronlik qilgan Fransisko Franko va Antonio di Salazar bilan tenglashishi mumkin.

Agar Putin 2050-yilgacha hokimiyat tepasida qolsa, u Muammar Kaddafiy (42 yil), Kim Ir Sen (46 yil) va Fidel Kastro (49 yil) kabi rahbarlarni ortda qoldiradi. Shunda u Rossiyada Ivan Grozniy (50 yil hukmronlik qilgan)dan keyingi eng uzoq vaqt davlat boshida turgan yetakchi bo‘ladi.

2024-yilda The Times gazetasi ham Putinning atrofidagilar uning umrini uzaytirish ustida faol ish olib borayotganini yozgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligiga qarishga qarshi ilmiy ishlanmalarni yig‘ish topshirig‘i berilgan.

“Qarilikka qarshi dori” loyihasiga Putinning yaqin do‘sti, Kurchatov nomidagi yadro instituti rahbari Mixail Kovalchuk boshchilik qilmoqda. Loyihada prezidentning katta qizi, endokrinolog Mariya Vorontsova ham ishtirok etmoqda.