Jahon

Ukrainada asirga tushgan Shimoliy Koreya askari o’zlarini Janubiy Koreyaga topshirishni so‘radi

Ukrainada asirga tushgan Shimoliy Koreya askari o’zlarini Janubiy Koreyaga topshirishni so‘radi

Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilib, asirga tushgan ikki nafar Shimoliy Koreya askari ukrainaliklardan ularni Janubiy Koreyaga topshirishni so‘ragan. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ular bu haqda hujjatli film uchun intervyu vaqtida aytgan. Suhbat Janubiy Koreyaning “Gyeore-eol Nation United” inson huquqlari tashkiloti ishtirokida o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, asirlardan biri 2024-yil fevral oyida Janubiy Koreya Milliy assambleyasi vakiliga ham shunday iltimos bilan murojaat qilgan.

Shimoliy Koreya askarlari Rossiya safida

Ukraina va G‘arb razvedka xizmatlarining ma’lumotiga ko‘ra, Pxenyan 2024-yilda Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun 10 mingga yaqin askar yuborgan.

Janubiy Koreya rasmiylarining bildirishicha, bu askarlarga asir tushmaslik uchun o‘z joniga qasd qilish buyrug‘i berilgan, yaralanganlar esa granata bilan o‘zlarini portlatishga majbur qilinadi.

Rossiyaga qurol yetkazib berish davom etmoqda

Pxenyan Rossiyani nafaqat askarlar, balki qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ham ta’minlab kelmoqda. Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, rus armiyasi urush ehtiyojlari uchun o‘q-dorilarning 40 foizini Shimoliy Koreyadan oladi.