O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni orfan kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash va farmatsevtika sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Orfan kasalliklar bo‘yicha yangi dastur:
– Hozirda 5 turdagi orfan va irsiy kasalliklarga chalingan 2174 nafar bola davlat hisobidan bepul diagnostika va dori vositalari bilan ta’minlanmoqda.
– 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi dasturda davolanishi davlat tomonidan moliyalashtiriladigan kasalliklar soni 10 taga yetkaziladi, yosh chegarasi esa 21 yoshgacha uzaytiriladi.
– Dastur ijrosi uchun 961 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Farmatsevtika tarmog‘idagi natijalar:
– Soha korxonalari tomonidan 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, 172 million dollarlik eksport amalga oshirilgan.
– Bugungi kunda 35 ta korxona 205 turdagi dori vositalarini ishlab chiqmoqda, eksport davlatlari soni esa 55 taga yetgan.
Narxlar va shaffoflik:
– 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2,6 ming turdagi retseptli dorilar narxi 40–50 foizga arzonlashadi.
– Dori vositalari xaridini shaffof tashkil etish uchun “farma.xarid.uz” elektron tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident topshiriqlari:
Davlat rahbari dori vositalarini texnologiya transferi asosida ishlab chiqarish, biotibbiy mahsulotlarni amaliyotga tatbiq etish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!