Jahon, Siyosat

O‘zbekistonlik haydovchilar Ruminiyada ishga taklif qilinmoqda: oylik maosh — 2700 yevro

O‘zbekistonlik haydovchilar Ruminiyada ishga taklif qilinmoqda: oylik maosh — 2700 yevro
National flag on the top of a hill near Barsov, bare trees, low clouds, cityscape, Romania

Ruminiyada yuk tashish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya o‘zbekistonlik fura haydovchilari uchun 30 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qildi.

Mehnat shartnomasiga ko‘ra, ish doimiy hisoblanadi. Ish vaqti oyiga 208 soat etib belgilangan bo‘lib, qo‘shimcha ishlangan soatlar uchun alohida haq to‘lanadi. Haydovchilarga 2500–2700 yevro miqdorida maosh beriladi.

Ish beruvchi tomonidan turar joy, tibbiy sug‘urta va mehnat shartnomasi ta’minlanadi. Nomzodlardan quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lish;
  • xorijga chiqish pasporti nusxasi;
  • sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma;
  • CE toifali haydovchilik guvohnomasi;
  • kamida 6 oy ish tajribasi;
  • chip va taxo kartalariga ega bo‘lish.

Nomzodlar xorijda ishga joylashish uchun Migratsiya agentligining «Xorijda ish» platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Bundan tashqari, Migratsiya agentligi Malayziyaning AirAsia X Berhad aviakompaniyasi bilan hamkorlikda bort kuzatuvchisi yo‘nalishida ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Tanlov doirasida jami 40 ta ish o‘rni mavjud bo‘lib, 100 nafar nomzod saralash bosqichiga jalb etiladi.

Bort kuzatuvchilarga 1200–2000 AQSH dollari miqdorida maosh to‘lanadi. Ish beruvchi tomonidan ishchi viza, aviabilet, turar joy va tibbiy sug‘urta bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Italiya hukumati bilan erishilgan kelishuvlarga asosan, o‘zbekistonlik hamshiralar uchun Milan shahridagi klinikalarda ishlash imkoniyati yaratildi. Stajirovka yakunida ular bilan 1800–2200 yevro maoshli mehnat shartnomasi tuziladi yoki avvalgi ish joyiga qaytish taklif etiladi.