O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qatarga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qatarga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Doha shahriga yetib bordi.

Davlat rahbarini Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon al Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, O‘zbekiston va Qatar davlat bayroqlari hilpiratildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi. Unda prezident kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy adolat va inklyuzivlikni kuchaytirish, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalarida qator tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.