Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos 4-noyabr kuni Yevroparlamentda kengayish bo‘yicha hisobotni taqdim etar ekan, Gruziya hozircha faqat “rasmiy nomzod” maqomida qolayotganini, amalda esa a’zolik yo‘lida sezilarli siljish kuzatilmaganini ma’lum qildi.
Hisobotdagi asosiy e’tirozlar
Yevrokomissiya hisobotida Gruziyada quyidagi muammolar ta’kidlangan:
-
Demokratiya orqaga ketayotgani,
-
Qonun ustuvorligining yemirilayotgani,
-
Fuqarolik erkinliklarining cheklanayotgani.
Shuningdek, Gruziya hukumati quyidagi tizimli repressiyalarda ayblanmoqda:
-
Mustaqil OAV faoliyatiga bosim o‘tkazish,
-
LGBT hamjamiyatini ta’qib qilish,
-
Fuqarolik jamiyatini toraytiruvchi qonunlar qabul qilish,
-
Huquq-tartibot organlari tomonidan haddan tashqari kuch ishlatilishi.
“Hukumat yo‘nalishni o‘zgartirish uchun hech qanday choralar ko‘rmadi. Muxolifat yetakchilarining qamoqqa olinishi va partiyalarni taqiqlash tashabbusi — demokratik plyuralizmga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum”, — deyiladi hisobotda.
Gruziya tomoni nima deydi?
Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili Yevrokomissiya hisobotini “bir tomonlama” deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat mamlakat erishgan ijobiy natijalarni to‘liq aks ettirmagan, balki siyosiy vaziyatni haddan tashqari dramatiklashtirgan.
Vaziyat nimaga olib kelishi mumkin?
Mutaxassislar fikricha:
-
Gruziya va YeI o‘rtasidagi munosabatlar eng keskin bosqichga kirgan;
-
Integratsiya jarayoni de-fakto muzlatilgan;
-
Siyosiy islohotlar bo‘yicha xalqaro bosim yanada kuchayishi mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!