Bloomberg hisobotiga ko‘ra, 2025-yil boshidan beri dunyo bo‘ylab aviahalokatlarda 400 dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan. Bu raqam so‘nggi o‘n yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqori hisoblanadi.
Statistik ma’lumotlar
– So‘nggi o‘n yillikda har yili o‘rtacha 284 kishi aviahalokatlarda halok bo‘lgan.
– Jacdec (Germaniya aviatsiya xavfsizligi tahlil markazi) ma’lumotiga ko‘ra, 2015 va 2018-yillar eng ko‘p qurbonlar qayd etilgan davr bo‘lib, o‘shanda 500 nafardan ortiq odam vafot etgan.
– 2025-yilgi ko‘rsatkich esa ushbu yillar darajasiga yaqinlashmoqda.
Hisob-kitob mezonlari
Jacdec statistikaga kamida 5,4 tonna og‘irlikdagi yoki 17 yo‘lovchidan ortiq sig‘imga ega samolyotlar bilan bog‘liq halokatlarni kiritadi. Tahlilga yo‘lovchi, yuk va charter reyslar kiradi.
2025-yilda qayd etilgan yirik aviahalokatlar
– 12-iyun, Hindiston (Ahmedabad) — Air India aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner samolyoti halokatga uchrab, 260 kishi halok bo‘lgan. Bu yilgi eng yirik aviafojea sifatida qayd etilgan.
– 4-noyabr, AQSh — UPS kompaniyasiga tegishli MD-11 yuk samolyoti qulab tushib, 9 kishi halok bo‘lgan.
Mutaxassislar so‘nggi oylarda aviahalokatlar sonining ortishiga bir nechta omillar — havo harakatining tiklanishi, texnik xizmatdagi uzilishlar va inson omili — sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!