Madaniyat

Turizm qo‘mitasida O‘zbekistonning turizm brendini Pokiston bozorida targ‘ib etish masalalari muhokama etildi

Turizm qo‘mitasida O‘zbekistonning turizm brendini Pokiston bozorida targ‘ib etish masalalari muhokama etildi

Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Niyazov va O‘zbekistonning Pokistondagi Faxriy konsulligi rahbari Najib Mushtaq Vohra o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlar oqimini oshirish hamda O‘zbekistonning milliy turizm brendini Pokiston bozorida faol targ‘ib etish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, muzokaralar davomida Toshkentni mintaqaviy logistik xab sifatida pozitsiyalash, shuningdek Lahor va Islomobod yo‘nalishlaridagi aviaaloqalarni kengaytirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma PR-kampaniyalar o‘tkazish hamda aviaaloqalarni faollashtirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishdilar.

Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu tashabbuslar ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.