Jamiyat

Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi

Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston davlat tibbiyot muassasalari 6 kunlik ish haftasidan 5 kunlik ish haftasiga o‘tadi. Bu haqda Prezidentning tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qarorida belgilab qo‘yilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, tibbiyot muassasalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari ish jarayoni navbatchilik asosida tashkil etiladi. Shu orqali aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi to‘xtovsiz davom etadi.

Mazkur qaror 2026-yil aprel oyidan kuchga kiradi va u tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash, sog‘lom muhit yaratish hamda ularning dam olish vaqtini to‘liq tiklash imkonini беришni maqsad qilgan.

8-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida soha vakillarining xizmatlari yuksak baholanishini ta’kidlab, ularni moddiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Davlat rahbari, xususan, moliyalashtirishni oshirish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni ham belgilab berdi.