Madaniyat

Samarqandda Bolalar kutubxonasi yangidan ochiladi

Samarqandda Bolalar kutubxonasi yangidan ochiladi

Samarqand shahrida yangitdan ochilishi rejalashtirilayotgan Bolalar kutubxonasining konsepsiyasi bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Yangi kutubxona 1911-yilda barpo etilgan tarixiy binoda joylashadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, inshoot Toshkentdagi zamonaviy kutubxona tajribasi asosida, tarixiy me’moriy qiyofasi va madaniy o‘ziga xosligi saqlangan holda ehtiyotkorlik bilan restavratsiya qilinadi.

Bolalar, o‘smirlar, ularning ota-onalari va ustozlari uchun haqiqiy ijodiy va ma’naviy markazga aylanishi kutilayotgan ushbu maskanda inklyuziv muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etish rejalashtirilgan.