O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev multimodal tashuvlar bo‘yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mehmon davlat rahbariga Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning salomi va ezgu tilaklari yetkazildi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-
Kengashning koʻp tomonlama tashabbuslarni muvofiqlashtirishdagi roli va faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish;
-
2025-yilda Budapesht va Gabala shaharlarida o‘tgan sammitlarda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan strategik takliflarni amalga oshirishga e’tibor qaratish;
-
Oqsoqollar kengashining institutsional salohiyatini mustahkamlash va turkiy xalqlarning milliy an’analari, ma’naviy merosi va madaniy birligini saqlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ilgari surish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;
-
Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tezroq qabul qilishni taklif qilish.
Uchrashuv Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish va strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan samimiy muhitda o‘tdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!