Germaniya parlamentining hukmron koalitsiyasi 2026-yilgi davlat byudjeti doirasida Ukrainaga ajratiladigan yordam miqdorini keskin oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur qaror 15 soatlik muzokaralardan so‘ng qabul qilingan.
Rekord — 11,5 milliard yevro
Koalitsiya deputatlarining kelishuviga ko‘ra, kelasi yilda Ukrainaga 11,5 milliard yevro yo‘naltiriladi. Bu — Rossiya 2022-yilda keng ko‘lamli urushni boshlaganidan buyon Germaniya tomonidan Ukrainaga berilgan eng katta bir yillik yordamdir.
Taqqoslash uchun, bu summa Berlinning so‘nggi to‘rt yilda Kiyevga ko‘rsatgan umumiy yordamining taxminan yarmiga teng.
Byudjetning 2,2 foizi — Ukraina uchun
Yangi reja Germaniya byudjeti xarajatlarining 2,2 foizini aynan Ukraina yo‘nalishiga ajratishni nazarda tutadi. Moliya vazirligi mazkur bo‘lim bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ sifatida avvalgi variantga nisbatan yana 3 milliard yevro qo‘shishni taklif qilgan.
Qo‘shimcha mablag‘lar qanday sarflanishi rejalashtirilgan:
-
artilleriya tizimlari,
-
dronlar,
-
zirhli texnikalar,
-
Patriot zenit-raketa majmualarini xarid qilish.
Germaniya — AQSHdan keyin ikkinchi yirik donor
Kiel Jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha AQSHdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. 2025-yil oktabr holatiga ko‘ra, Berlin tomonidan ajratilgan umumiy yordam 22,5 milliard yevroni tashkil qilgan:
-
17,7 mlrd yevro — harbiy yordam,
-
3,4 mlrd yevro — gumanitar,
-
1,4 mlrd yevro — moliyaviy yordam.
Yordam kamaygan edi — sababi Tramp omili
Institutning so‘nggi hisobotida Yevropa davlatlarining Ukrainaga ko‘magida 2024-yil yozida 57 foizlik pasayish kuzatilgani qayd etilgan. Mutaxassislar buni AQSHda Donald Trampning hokimiyatga qaytishi ortidan yuzaga kelgan ta’minotdagi noaniqliklar va kechikishlar bilan izohlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!