Sport

Oston O‘runov Holand, Messi, Ronaldu va Mbappeni ortda qoldirib, Transfermarktning eng ko‘p qidirilgan futbolchisiga aylandi

Oston O‘runov Holand, Messi, Ronaldu va Mbappeni ortda qoldirib, Transfermarktning eng ko‘p qidirilgan futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov so‘nggi 24 soat ichida Transfermarkt portalida eng ko‘p qidirilgan o‘yinchi sifatida qayd etildi. Bu haqda “Tarafdari.com” nashri xabar berdi.

Misrga qarshi yorqin o‘yin — O‘runovga global e’tibor

14-noyabr kuni Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Misrni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvda ikki golning barchasiga O‘runov mualliflik qildi. 24 yoshli vingerning statistikasi alohida e’tiborga molik:

  • 2 ta gol,
  • 4 ta aniq zarba,
  • 1 marta darvoza to‘sinini nishonga olish,
  • 18 ta muvaffaqiyatli dribling,
  • 1 ta kalit pas.

Uchrashuvga “Liverpul” yulduzi Muhammad Salohning maydonga tushgani sabab qiziqish juda yuqori bo‘lgani qayd etildi. Tomoshabinlar O‘runovning o‘yinidan hayratda qolgan.

Dunyoning eng mashhur yulduzlarini ortda qoldirdi

Manbaga ko‘ra, aynan shu kuni O‘runovga bo‘lgan qiziqish rekord darajada oshib, u Erling Holand, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldo va Kilian Mbappe kabi dunyo yulduzlarini ortda qoldirib, Transfermarkt portalida eng ko‘p qidirilgan futbolchiga aylandi.

O‘runov haqida qisqa ma’lumot

  • O‘zbekiston terma jamoasida: 2019-yildan beri,
  • O‘yinlar soni: 38,
  • Gollar: 10,
  • Golli uzatma: 1,
  • “Persepolis”da: 2024-yildan beri,
  • 2024/25 mavsumi: 9 o‘yin, 1 assist,
  • Transfermarkt bahosi: 2 million yevro.