Ilm-fan

O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi

O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi

18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik — QS Quacquarelli SymondsQS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi. Reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, O‘zbekistondan 9 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxatdan joy oldi.

Shuningdek, 3 ta OTM Top-1000 talik reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ayrim universitetlar o‘tgan yilgi natijalarini yaxshilagan bo‘lsa, boshqalari reytingga ilk bor kiritildi.

O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari:

  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti — 874-o‘rin
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti951-o‘rin
  • O‘zbekiston Milliy universiteti970-o‘rin
  • Quyidagi 6 ta OTM esa 1501+ guruhidan joy oldi:
    • Andijon davlat universiteti
    • Samarqand davlat universiteti
    • Toshkent davlat texnika universiteti
    • Toshkent davlat transport universiteti
    • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
    • Urganch davlat universiteti

Mazkur natijalar O‘zbekiston oliygohlarining barqaror rivojlanish bo‘yicha amalga oshirayotgan keng qamrovli ishlari — ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat, resurslardan oqilona foydalanish, innovatsiyalar va sifatli boshqaruv tizimlari yo‘lidagi izchil islohotlar natijasidir.

Reytingda OTMlarimizning ishtiroki ta’lim tizimi global tendensiyalar bilan uyg‘unlashuvini kuchaytiradi, xalqaro tanlovbardoshligini oshiradi va oliygohlarda barqaror rivojlanish tamoyillarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.