Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 7–21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqani 96 ta medal bilan yakunladi. Sportchilarimiz 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, 57 ta davlat orasida ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Turkiya — musobaqa yetakchisi
Medallar soni bo‘yicha Turkiya yaqqol peshqadam bo‘ldi. Ularning hisobida 155 ta medal — 72 ta oltin, 44 ta kumush va 39 ta bronza mavjud.
Eron — uchinchi o‘rinda
O‘zbekiston bilan bir xil — 29 ta oltin — medallarni qo‘lga kiritgan Eron umumiy natijada 81 ta medal (19 ta kumush, 33 ta bronza) bilan kuchli uchlikni yakunladi.
Kuchli o‘nlik:
-
Saudiya Arabistoni — 18 ta oltin
-
Misr — 17 ta oltin
-
Bahrayn — 16 ta oltin
-
Qozog‘iston — 15 ta oltin
-
Nigeriya — 11 ta oltin
-
Marokash — 10 ta oltin
-
Ozarbayjon — 9 ta oltin
Qo‘shni davlatlar natijalari:
-
Qirg‘iziston — 19 ta medal (4–4–11), 14-o‘rin
-
Afg‘oniston — 3 ta medal (1–1–1), 26-o‘rin
-
Tojikiston — 6 ta medal (0–3–3), 28-o‘rin
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sportchilar natijasini yuqori baholab, bu ko‘rsatkich mamlakatning Islom birdamligi sport hamjamiyatidagi yetakchi davlatlardan biri ekanini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda Turkiyaning Konya shahrida o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston 158 ta medal (51 oltin, 42 kumush, 65 bronza) bilan umumjamoa hisobida ham ikkinchi bo‘lgan edi. O‘shanda ham Turkiya birinchi, Eron uchinchi o‘rinni egallagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!