Madaniyat

Nukusda xalqaro standartlarga mos yangi “Karakalpak Palace Hotel” ochildi

Nukusda xalqaro standartlarga mos yangi “Karakalpak Palace Hotel” ochildi

Nukus shahrida xalqaro standartlar asosida barpo etilgan yangi “Karakalpak Palace Hotel” mehmonxonasi tanishtirildi. Loyiha hudud tadbirkorlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar tufayli amalga oshirilgan.

Ushbu xabar Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning Telegram kanalida e’lon qilindi. Saida Mirziyoyeva mehmonxona ochilish tadbirida ishtirok etib, Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni yuqori baholadi.

Qoraqalpog‘iston bugun eng jozibali sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Mintaqaga mehmonlar va investorlarni ko‘proq jalb qilish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda infratuzilma, servis va turizm xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda.