Turkiya Superligasining 14-turida “Qosimposho” o‘z maydonida “Bashakshehir”ni qabul qildi va 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 29-noyabr kuni Istanbuldagi «Rejeb Tayyib Erdo‘g‘an» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar hisobni 26-daqiqada ochdi. Abbosbek Fayzullayev jarima zarbasidan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Bo‘lim oxirida «Bashakshehir» ustunlikni mustahkamladi: 45+4-daqiqada Amine Harit to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni 0:2 qildi.
Ikkinchi bo‘limda “Qosimposho” 79-daqiqada bitta gol qaytardi. Shunga qaramay, uchrashuv taqdiriga ta’sir qila olmadilar. O‘yin yakunlanayotgan daqiqalarda Eldor Shomurodov 90+7-daqiqada gol urib, mehmonlarning ustunligini mustahkamladi.
G‘alabadan so‘ng “Bashakshehir” ochkolarini 16 taga yetkazib, turnir jadvalida 9-pog‘onaga ko‘tarildi. “Qosimposho” esa 13 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
Turkiya Superligasi, 14-tur
“Qosimposho” — “Bashakshehir” 1:3
Gollar: 0:1 — Fayzullayev (26), 0:2 — Harit (45+4), 1:2 — Adem (79), 1:3 — Shomurodov (90+7)
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!