Jahon

Indoneziyadagi suv toshqinlari va ko‘chkilar 400 dan ortiq odam hayotiga zomin bo‘ldi

Indoneziyadagi suv toshqinlari va ko‘chkilar 400 dan ortiq odam hayotiga zomin bo‘ldi

Indoneziyadagi suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 442 kishi halok bo‘ldi, 402 kishi bedarak yo‘qolgan. Eng katta zarar Sumatra orolida qayd etilgan, minglab odamlar zarur ta’minotsiz qolgan.

Qutqaruv ishlariga og‘ir ob-havo va texnika yetishmasligi to‘sqinlik qilmoqda. Markaziy Tapanuli va Sibolga shaharlariga yordam yetkazish ayniqsa qiyin, Jakartadan esa harbiy kemalar jo‘natilgan.

Janubi-sharqiy Osiyoda kuchli musson yomg‘irlari Indoneziya, Tailand va Malayziyada kamida 600 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, yo‘llar vayron bo‘lgan va aloqa tarmoqlari uzilgan. Iqlim o‘zgarishi bo‘ronlarning davomiyligi va kuchiga salbiy ta’sir qilmoqda.