Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1-oktyabri holatida O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 43,96 milliard dollarga yetgan. Bu o‘tgan yilning ayni davriga nisbatan qariyb 4,9 milliard dollarga ko‘p.
Qarzlarning 84 foizi, ya’ni 36,72 milliard dollari — tashqi qarz; ichki majburiyatlar esa 7,24 milliard dollarni tashkil etadi. Kreditlarning yarmidan ortig‘i AQSH dollarida olingan, qolgan qismi yevro va so‘mda rasmiylashtirilgan.
Tashqi qarzning katta ulushi xalqaro moliya institutlari hissasiga to‘g‘ri keladi:
-
Jahon banki — 8 mlrd dollar,
-
Osiyo taraqqiyot banki — 7,5 mlrd dollar.
Shuningdek, Xitoy 3,76 mlrd, Yaponiya 3,12 mlrd dollarlik kredit ajratgan. Xalqaro obligatsiyalar orqali esa 5,83 mlrd dollar jalb etilgan.
Olingan tashqi mablag‘larning qariyb 47 foizi — 17,42 mlrd dollar byudjet taqchilligini qoplashga yo‘naltirilgan. Yana:
-
5,8 mlrd dollar — yoqilg‘i-energetika sohasi uchun,
-
4,1 mlrd dollar — elektr energetikasi uchun,
-
3,27 mlrd dollar — qishloq va suv xo‘jaligiga sarflangan.
Qarzning qolgan qismi boshqa tarmoqlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!