Jahon

Rossiya armiyasining Ukrainadagi tasdiqlangan yo‘qotishlari yangi chegaradan oshdi

Rossiya armiyasining Ukrainadagi tasdiqlangan yo‘qotishlari yangi chegaradan oshdi

BBC rus xizmati va “Mediazona” tomonidan ochiq manbalar asosida yuritilgan monitoringga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainadagi tasdiqlangan talafotlari 2022-yildan buyon 152 ming nafardan oshgan.

Hisobotga faqat Rossiya fuqarolari kiritilgan. Ukrainaning Rossiya nazoratidagi hududlaridan safarbar qilinganlar bu raqamga qo‘shilmagan.

Eng ko‘p yo‘qotish qayd etilgan hududlar:

  • Boshqirdiston — 7 643 kishi,
  • Tatariston — 6 599 kishi,
  • Sverdlovsk viloyati — 5 386 kishi.

Aholisi o‘n milliondan ortiq Moskva shahrida esa bu ko‘rsatkich 4 520 nafar, Chechenistonda 372 nafarni tashkil etadi.

Tahlillarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 67 foizi aholisi 100 mingdan kam bo‘lgan shahar va qishloqlardan safarbar etilgan. Mutaxassislar fikricha, iqtisodiy imkoniyatlari past hududlarda harbiy xizmat bilan shartnoma tuzuvchilar ko‘proq bo‘ladi.

Shuni ham ta’kidlashgan: monitoring faqat tasdiqlangan ma’lumotlarga tayangani uchun asl yo‘qotishlar bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Masalan, Britaniya razvedkasi 2025-yil iyun oyida Rossiya tomonining umumiy talafotlari 1 million kishiga yaqin, shundan 250 ming nafari halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi.