Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida mahalla hokim yordamchisi fuqaroni ishga joylab qo‘yishni va’da qilib, undan 2 ming dollar talab qilgan. U mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining viloyat boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yaman deb ishontirgan.
Muqaddam bir necha marta sudlangan bu shaxs so‘ralgan pulni tanishlari orqali olayotgan vaqtda tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish ochilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Shuningdek, yaqinda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida hokim o‘rinbosari va mutaxassis 10 ming dollar pora olayotganda ushlangan edi. Surxondaryoda esa hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xo‘jaligi mutasaddisi pora bilan qo‘lga tushgani ma’lum qilingandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!