Jamiyat

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til sanalari ma’lum qilindi

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til sanalari ma’lum qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025/2026-o‘quv yilidagi qishki ta’til muddatlarini e’lon qildi.

Qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Boshlang‘ich sinflar (1–4-sinflar) uchun ta’til 27-dekabr — shanba kunidan start oladi.

Qishki ta’til 10-yanvargacha davom etadi va jami 14 kalendar kunini tashkil etadi.

Darslar esa 2026-yilning 11-yanvari yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, III chorak 12-yanvardan boshlanishi belgilangan.

Taqqoslash uchun, o‘tgan o‘quv yilida qishki ta’til 29-dekabrdan boshlangan, 2025-yil 11-yanvar — shanba kuniga belgilangan darslar esa 2024-yil 28-dekabrga ko‘chirilgan edi.