Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda oltin olib kirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Namangan viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX, chegara qo‘shinlari va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga olib kirilgan yirik miqdordagi qimmatbaho metall savdosiga chek qo‘yildi.
Kosonsoylik fuqaro tog‘asining ko‘rsatmasiga binoan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan, umumiy og‘irligi 1 kg 168 grammni tashkil etuvchi oltin quymasi parchalarini mamlakatga olib kirgani aniqlangan.
U oltinni tumanda yashovchi yana bir qarindoshiga topshirayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining:
-
182-modda 2-qismi (“a”, “b”) — bojxona chegarasini chetlab o‘tish, yirik miqdorda;
-
223-modda 2-qismi (“b”) — noqonuniy ravishda davlat chegarasini kesib o‘tish
bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!