O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit orqali o‘tkazish taqiqlangan tovarlar bo‘yicha yagona elektron ochiq reyestr joriy etiladi. Bu ro‘yxatni har kim ochiq holda ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, taqiqlar va cheklovlar to‘g‘risidagi Yagona elektron reyestr “Integratsiyalashgan tarif” axborot tizimi bazasida 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuritiladi.
Reyestr qanday shakllantiriladi?
-
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda barcha taqiqlar va cheklovlar ro‘yxatini to‘liq shakllantiradi.
-
Ikki oy ichida “Integratsiyalashgan tarif” bazasida real vaqt rejimida bepul ma’lumot taqdim etuvchi “Yagona reyestr” bo‘limi ishga tushiriladi.
-
Yagona reyestrdagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib boradi.
-
Shuningdek, reyestrni yangilash tartibi bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqiladi.
Bu tizim import, eksport va tranzit jarayonlarida qatnashuvchi tadbirkorlar uchun shaffoflikni oshiradi hamda bojxona jarayonlaridagi noaniqliklarni kamaytirishi kutilmoqda.
Muhokama muddati
Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq bo‘lib, 2025-yil 14-dekabrga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha ma’lumot
Avvalroq O‘zbekistonda bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning majburiy dastlabki tekshiruvi joriy etilgani, shuningdek, 24-noyabr kuni eksport qilinadigan tovarlar bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi belgilab berilgani xabar qilingandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!