O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar miqdori yil davomida sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan yangi statistik ma’lumotlarda qayd etilgan.
2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra:
-
Pul massasi — 344,6 trln so‘m
(2024-yilning shu davriga nisbatan +79,6 trln so‘m) -
Pul massasining milliy valyutadagi qismi — 282,3 trln so‘m
(2024-yilda — 206,6 trln so‘m) -
Muomaladagi naqd pullar — 67,1 trln so‘m
(bir yil avval — 54 trln so‘m, yillik o‘sish +13,1 trln so‘m)
So‘nggi yillarda naqd pul hajmi qanday o‘sgan?
2020–2023-yillarning noyabr oyi boshidagi ko‘rsatkichlar:
-
2020-yil: 27,2 trln so‘m
-
2021-yil: 29,5 trln so‘m
-
2022-yil: 43,8 trln so‘m
-
2023-yil: 48,1 trln so‘m
Ko‘rinib turibdiki, so‘nggi besh yil ichida naqd pul miqdori deyarli ikki baravarga oshgan.
Izoh
Pul massasi — muomaladagi naqd pullar, talab qilib olinguncha depozitlar, boshqa depozitlar va aksiyalardan tashqari qimmatli qog‘ozlarni o‘z ichiga oladi.
Muomaladagi naqd pullar esa Markaziy bank chiqaradigan, aholining qo‘lida aylanayotgan naqd pul bo‘lib, bank kassalaridagi pullar bu hisobga kiritilmaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!