O‘zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Misrga tashrifi davomida Qohirada mamlakat bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi.
Saida Mirziyoyeva o‘z uchrashuviga doir ma’lumotni Telegram-kanalida e’lon qilar ekan, shayx Ahmad Tayyibga Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazganini ta’kidladi.
Tomonlar O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ma’naviyat, fan-ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda ma’rifatli islom g‘oyalarini keng targ‘ib etish, yoshlarni radikallashuvdan asrash va bu borada hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, qo‘shma ilmiy dasturlar, akademik almashinuvlar hamda qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!