Sport

Sindorov Freestyle Chess Grand Slamning ilk turida Karlsenni taslim etdi

Sindorov Freestyle Chess Grand Slamning ilk turida Karlsenni taslim etdi

Janubiy Afrikada Freestyle Chess Grand Slam musobaqasi start oldi. 660 ming dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega turnirda dunyoning eng kuchli sakkiz shaxmatchisi ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston vakili Javohir Sindorov, Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Arjun Erigaisi (Hindiston), Levan Aronyan (AQSH), Hans Niemann (AQSH) va Parham Maksudlu (Eron) bor.

Musobaqaning birinchi turida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov tarixiy natijaga erishdi. U oq donalarda jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni mag‘lub etib, turnirni g‘alaba bilan boshladi.

Yana bir qiziqarli jihati — kecha, 8-dekabr, Sindorovning tug‘ilgan kuni edi. 2005-yilda tug‘ilgan shaxmatchi aynan 20 yoshni qarshilagan kunda shaxmat afsonasi ustidan muhim g‘alabaga erishdi. Bu esa uning natijasini yanada esda qolarli qildi.

Turnir 8—11-dekabr kunlari Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida davom etadi.