Toshkent shahrining Bektemir tumanida o‘tkazilgan reyd chog‘ida firibgarlik jinoyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 7-dekabr kuni YPXB 1-batalyon katta inspektori Bektemir tumanidagi THAY ko‘chasida BYD rusumli avtomobilni hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatgan. Tekshiruv vaqtida mashina yo‘lovchisi — 36 yoshli A.Y.ning o‘zini tutishi xodimlarda shubha uyg‘otgan.
Shundan so‘ng shaxsga oid ma’lumotlar maxsus dastur orqali tekshirilganda, uning Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha qidiruvda ekani aniqlangan va u darhol ushlangan. Qidiruvdagi fuqaro belgilangan tartibda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan.
Shu kabi holatlar haqida avval ham xabar berilgandi:
— Toshkent viloyatida 30 ming dollar pora talab qilgan yurist qo‘lga olingan;
— xorijga jo‘natish va’dasi bilan firibgarlik qilgan to‘rt kishi ushlangan;
— 19 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga tushgan;
— shuningdek, Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan yana bir fuqaro Vyetnamdan O‘zbekistonga olib kelingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!