AQSH prezidenti Donald Trampning ma’muriyati 2025-yil yanvar oyidan beri 85 mingta vizani bekor qilgan. Bu raqam 2024-yilga nisbatan ikki baravar ko‘p. Bekor qilingan vizalar orasida 8 mingdan ortiq talabalik vizalari mavjud.
Davlat departamenti bildirishicha, 2024-yilda vizalar bekor qilinishining deyarli yarmini mast holatda mashina boshqarish, hujum va o‘g‘rilik kabi jinoyatlar tashkil qilgan. Shuningdek, ilgari vizani muddatining tugashi yoki terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash kabi sabablar ham asos bo‘lgan.
Viza bekor qilinishining ayrim holatlari so‘z erkinligi va gibrid tahdidlar bilan bog‘liq xavotirlarni keltirib chiqardi. Ma’muriyat yilda bir necha xorijiy talabalarni, jumladan, G‘azodagi urushga qarshi namoyishlarda faol bo‘lganlarni antisemitizm va terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, vizalarini bekor qilgan. Oktyabr oyida Charli Kirkning o‘ldirilishini nishonlaganlikda gumon qilingan shaxslarning vizalari ham bekor qilingan.
Avgustda Davlat departamenti 55 milliondan ortiq chet el fuqarosi bo‘yicha uzluksiz tekshiruv siyosatini e’lon qilgan edi. Departamentning izohi bo‘yicha, vizani berishda potentsial nomuvofiqlik belgilari mavjud bo‘lsa, jumladan ruxsat etilgan muddatdan ortiq qolish, jinoiy faoliyat yoki terrorchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlash kabi holatlar aniqlansa, viza bekor qilinadi.
Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida viza arizalarini baholash mezonlari sezilarli darajada kuchaytirilgan, jumladan, AQSH 19 ta davlat fuqarolaridan immigratsiya arizalarini to‘xtatgan, Afg‘oniston fuqarolariga viza berishga chek qo‘ygan va barcha “uchinchi dunyo mamlakatlari” migratsiyasini vaqtincha to‘xtatgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!