Iqtisod, O‘zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor 5 gramm oltin narxi 10 mln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda ilk bor 5 gramm oltin narxi 10 mln so‘mdan oshdi

Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Bankka ko‘ra, og‘irligi 5 gramm bo‘lgan quyma 10 mln 036 ming so‘mga baholanmoqda.

Quymalarning sotuv narxlari quyidagicha:

•    5 gramm – 10 mln 036 ming so‘m;
•    10 gramm – 20 mln 073 ming so‘m;
•    20 gramm – 40 mln 146 ming so‘m;
•    50 gramm – 100 mln 364 ming so‘m;
•    100 gramm – 200 mln 728 ming so‘m.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, oltin narxining keskin oshishiga AQSHning Grenlandiya bo‘yicha talablariga doir noaniqliklar va global siyosiy vaziyat sabab bo‘lgan.

Dunyo bozorida esa oltin narxi ilk bor bir unsiyasi uchun 5 ming dollardan oshgan.