Jamiyat

Angrenda tezlik belgisi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zgartirib qo‘yildi

Angrenda tezlik belgisi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zgartirib qo‘yildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida 60 yo‘l belgisini 70 ga o‘zgartirgan noma’lum shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, Angren shahri Obod turmush ko‘chasida o‘rnatilgan 3.24 – “Yuqori tezlik cheklangan”  yo‘l belgisi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zgartirilgan.

Ayni paytda mazkur yo‘l belgisi yangisiga almashtirilgan. Angren shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan holat yuzasidan huquqbuzarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.

Ma’lumot uchun, ushbu turdagi huquqbuzarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi (yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tar solib turuvchi texnik vositalarga shi yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik) bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi.