Vazirlar mahkamasining ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari davlat byudjetidan qoplab berishni nazarda tutuvchi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu imtiyozdan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Toʻlovlar talaba grant yoki kontrakt asosida oʻqishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.

Bunda talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi boʻlmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Toʻlovlar 2026-yilda tegishli vazirlik va idoralarga ajratilgan birinchi darajali byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. 2027-yildan boshlab esa ular byudjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etiladigan byudjet soʻrovnomalari asosida qayd etiladi.