O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan nikohlar soni 267,1 ming birlik, har ming aholiga nikoh koeffitsiyenti 7,1 promilleni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Nikohlar soni qatorasiga to‘rtinchi yil, 2024-yilga nisbatan esa 4,7 ming birlikka kamaygan.

Statistika qo‘mitasiStatistika qo‘mitasi

Nikohdan ajralishlar soni 46,9 ming birlik, har ming aholiga nisbatan ajralish koeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil etdi. Ajralishlar soni 2024-yilga nisbatan 1,8 ming birlikka ko‘paygan.

Respublikada qayd etilgan nikohlar shahar joylarida 132,6 mingtani (49,7 foiz), qishloq joylarida 134,5 mingtani (50,3 foiz) tashkil etdi. Nikohdan ajralishlar shahar joylarida 28,2 mingtani (60,1 foiz), qishloq joylarida 18,7 mingtani (39,9 foiz) tashkil qildi.