Qayd etilishicha, mazkur shaxslar 2025 yil sentyabr oyida o‘lim jazosiga hukm qilingan. Qatllar sharqiy Chjetszyan provinsiyasining Venchjou shahridagi sud tomonidan ijro etilgan. Biroq, rasmiylar jinoyatchilarning shaxsi va sodir etgan jinoyatlari tafsilotlarini oshkor qilmagan. BBC mazkur 11 kishi Min mafiya oilasi a’zolari bo‘lganini aniqlagan.
So‘nggi yillarda Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan “firibgarlik markazlari” faoliyatiga barham berish maqsadida mintaqa davlatlari – Tailand, Myanma va Kambodja bilan hamkorlikni kuchaytirgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu choralar natijasida o‘n minglab jinoyatda gumon qilinganlar Xitoyga qaytarilgan.
Xususan, o‘tgan yili Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi Myanmaning janubi-sharqida, Tailand bilan chegaradosh Myavadi shahridan onlayn qimor o‘yinlari va telekommunikatsiya firibgarligida gumon qilingan 7600 nafardan ortiq xitoylik fuqaro vataniga qaytarilganini ma’lum qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!