2026 yildan boshlab O‘zbekistonda 4 mingta kam ta’minlangan oilaga tut yetishtirish va pillachilikni rivojlantirish maqsadida 10 yil muddatga 50 sotixdan yer maydoni bepul berilishi rejalashtirilmoqda. Davlat ko‘chat, shpaler va tomchilatib sug‘orish xarajatlarining bir qismini qoplab, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun subsidiya va foizsiz ssudalar ajratadi.
2026 yildan boshlab O‘zbekistonda 4 mingta kam ta’minlangan oilaga tut yetishtirish va pillachilikni rivojlantirish uchun 10 yil muddatga 50 sotixdan yer bepul ajratiladi. Bu haqda “Dunyo” AA inbusiness.kz axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, davlat mazkur yo‘nalishda oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘chatlar, shpalerlar va tomchilatib sug‘orish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab beradi. Shuningdek, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun subsidiyalar va foizsiz ssudalar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Materialda keltirilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil yakuni bo‘yicha mamlakat iqtisodiyoti 7,7 foizga o‘sgani, yalpi ichki mahsulot 147 milliard dollar bo‘lgani, investitsiyalar 43 milliard dollarga oshgani, eksport esa qariyb 34 milliard dollarga yetganini ma’lum qilgan. Shuningdek, bir yil ichida 366 ming oila kambag‘allikdan chiqarilgani va kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushgani qayd etilgan.
Islohotlarda asosiy rol mahallalarga berilmoqda: hokimlar aholi bandligi va daromadlari uchun shaxsan javobgar bo‘lishi, loyiha guruhlari tashkil etilishi hamda fermerlar uchun ustoz–shogird tizimi joriy etilishi ta’kidlangan.
Maqolada, shuningdek, sharoiti og‘ir mahallalarda quyosh elektr stansiyalari barpo etilishi va ulardan tushadigan daromad aholi ehtiyojlariga yo‘naltirilishi rejalashtirilayotgani aytilgan.
Manba xulosasiga ko‘ra, 2026 yilda hukumat yana 1 million kishini ish bilan ta’minlash, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish hamda kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizga tushirishni rejalashtirmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!